Reja:
1. Boshqaruvning mazmun va mohiyati
2. Boshqaruv qarorlari mohiyati
3. Qaror qabul qilish bosqichlari
4. Qaror qabul qilish texnologiyasi
Boshqaruvda, shu jumladan strategik boshqaruvni amalga oshirish borasida xavf, xatar va tahdidlar turli ko’rinishlarda
―zamonaviylashuvi,
―intellektuallashuvi natijasida yangicha yondashuvni talab etmoqda. Bu, o’z navbatida, boshqaruv masalasi bilan bog’liq bo’lgan tashkiliy, uslubiy muammolarni aniq ta’limotlar asosida o’rganishni taqozo etadi.
“Boshqaruv deb, belgilab olingan aniq maqsadga muvofiq, u yoki bu natijaga erishish uchun institutsional tarzda tartibga keltirishga, barpo etishga, takomillashtirishga, qisqartirishga yoki ob’ekt tuzilishini o’zgartirishga qaratilgan, sub’ektning ob’ektga turli ko’rinish va darajalarda ta’sir etish jarayoniga aytiladi”. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, boshqaruv nazariyasini turli jihatlari asosida tasniflash mumkin, ammo amaliyot manfaatidan kelib chiqqan holda uning mazmundorligini inobatga olib ikki darajaga ajratish maqsadga muvofiq:
-boshqaruvning birinchi darajasi, jamiyat rivojlanishining turli davriy bosqichlarida institutlar faoliyat mexanizmini aniq tushuntira olishga qodir bo’lgan falsafiy, pedagogik, siyosiy, iqtisodiy va sotsiologik kontseptsiyalarning majmuasidan tarkib topgan boshqaruv nazariyasi;
- boshqaruvning ikkinchi darajasi, boshqaruvning turli ob’ektlarining yig’indisi, amaliy bilim va ko’nikmalarning birligi sifatida, aniqroq aytganda, jamiyat taraqqiyotini ta’minlash maqsadida, fundamental ilmiy nazariyalarni (matematika, mantiq, psixologiya, akmeologiya) qamrab olgan amaliy fan.
Boshqaruvning maqsadi, sohalari, yo’naltirilganligi, qo’llaniladigan usul va texnikalarini inobatga olgan holda uni umumiy, xususiy, tezkor, taktik va strategik kabilarga ajratish mumkin. Strategik boshqaruv deb, aniq maqsadni amalga oshirish uchun, institutlar faoliyatini tartibga soladigan umumiy, xususiy, tezkor, taktik boshqaruv turlaridan shaklan va mazmunan dolzarblik, muhimlik jihatlari bilan ajralib turadigan jarayonning alohida turiga nisbatan aytiladi. Strategik boshqaruv, ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy institutlarning hayotidagi birinchi ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishga o’tish holati, ularning sifat nuqtai nazaridan yangi o’sish holatiga chiqish jarayonini ta’minlash bilan bog’liq bo’lib, bu tushunchaning genezisiga e’tibor qaratsak, bevosita insonlar tomonidan dunyoning barpo etilishi va uning evolyutsiyasini idrok etishning birinchi urinishlariga borib taqaladi.
Bu o’z navbatida, jamiyat hayotining barcha sohalarini (ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’rifiy) chuqur ilmiy o’rganib, aniqlangan muammolarni tahlil qilishda ilmiy asoslarga tayanish lozimligini taqozo etadi. Bundan ko’zlangan maqsad esa, milliy manfaatlarni himoya etishdan iborat bo’lib, strategik boshqaruvni samarali amalga oshirish uchun mavjud resurlarning imkoniyatini aniqlab, foydalanish tartibini belgilab olishdan iborat.
Tashkilotni boshqarishning asosiy jihatlaridan biri, boshqaruv qarorlarini
qabul qilish va ular ijrosini ta’minlashdir. Boshqaruv qarori tashkilotdagi biron ob’yektni ko’zlangan maqsadga muvofiq ravishda bir holatdan, ikkinchi holatga keltirish bilan ifodalanadi. Rahbarning boshqaruv qarori bilan bog’liq jarayonni quyidagi tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:
(1) Qaror qabul qilish.
(2) Qarorni bajarish uchun uni topshiriq sifatida yo’llash.
(3) Xodimlarni ijroga undovchi sharoitni yaratish.
(4) Nazoratni amalga oshirish.
Odatda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinuvchi qarorlar turlicha bo’lib, ularning yakkahokimlik, kollegial va jamoaviy turlarini farqlash mumkin. Kollegial tarzdagi qaror qabul qilish, muammoni mutaxassislar bilan muhokama etish natijasida, taklif etilgan g’oyalar ichida eng maqbulini rahbar tomonidan qabul qilinishida ifodalandi. Bu qarorning natijasi va amalga oshirish
mas‟uliyatini ham rahbar o’z bo’yniga oladi. Jamoaviy qaror qabul qilishda esa qaror umumiy muhokama va ovoz berish orqali guruh a’zolari tomonidan qabul qilinadi, uning natijasiga mas‟ul bo’lib butun jamoa hisoblanadi.
(1) Odatiy qarorlar korxona rejasi bo’yicha amalga oshuvchi kundalik dastur asosida qabul qilinadi. Paydo bo’lgan muammo mavjud yechimlar majmuasi
bilan qiyoslanadi, ular ichida maqbuli qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Tashkilotdagi odatiy hollarda “Mana bunday vaziyatda, mana bunday qilish kerak” qabilida ish tutiladi va aynan shu uslub o’rta va quyi bo’g’in menejerlariga xos asosiy qaror qabul qilish shakliga aylanadi. Bunday vaziyatdagi qiyinchiliklar menejerning malakasizligi, mavjud yo’riqnomalarni yaxshi bilmaslik, vaziyatni noto’g’ri baholash yoki shaxsning jur‟atsizligi asosida kelib chiqishi mumkin.
1.Vaziyatni to’g’ri idrok etuvchi va maqbul xulosalar chiqaruvchi hamda natijalarni nazorat eta olish qobiliyatiga ega bo’lgan menejer ushbu vaziyat uchun uzukka ko’z qo’ygandek bo’ladi. Qaror qabul qilishning bu darajasida ijodiy yondashuv talab etilmaydi, chunki vaziyat yechimlari avvaldan belgilangandir.
2. Tanlovga asoslangan (selektiv) darajada rahbar mavjud muammo bo’yicha qator imkoniyatlarni taqqoslab ko’radi va ular ichidan aynan shu muammo yechimiga eng mos keluvchi samarali va tejamlisi ustida to’xtaladi.
3. Moslashuvchan darajadagi qaror qabul qilish bir muncha murakkab bo’lib, bunda rahbar tanish muammoga yangicha yechim topishi talab etiladi.
Bunda u mavjud muammoga eskicha yondoshishdan voz kechishi va ijodiy qarorga kelishi lozim. Ayni sharoitda rahbar muvaffaqiyati, uning shaxsiy tashabbusi va noma’lumlikka shaxdam qadam qo’ya olishi bilan asoslanadi.
4. Innovatsion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bog’liq qarorlar ancha murakkab hisoblanadi. Noaniq vaziyatda rahbarning yangicha yondashuv uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g’oyalaridan foylana olishi talab
etiladi. Rahbar muammoli vaziyat bilan to’qnash kelib, ma’lum qarorni qabul qilishi zaruratida bo’lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni yuqorida sanab o’tilgan qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo’lsa ham, qaysi toifaga kirishini aniqlab olishi lozim. Bunday harakat rahbarga ayni muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo’lishini qisman bo’lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo’l qanchalik to’g’ri yoki noto’g’riligi haqidagi ma’lumot bilan birga, zarur bo’lgan taqdirda harakat uslubini o’zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o’ylab qabul qilinganligi uni biron-bir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo’lsa ham oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir.
Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira
ichida o’tishi qiyin. Har bir rahbar o’z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namoyon etadi. Mana shu omillar mavjud muammo yechimiga o’z ta’sirini o’tkazmay qo’ymaydi.
Qaror yaratilishi davomida rahbar o’z ichki dunyosida sodir bo’layotgan
jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma -bosqich tahlil etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning asosiy tavsiflari beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko’pqirrali va murakkab jarayon bo’lib, unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o’tish mumkin:
(1) muammoni o’rganish;
(2) g’oyalar ishlab chiqish;
(3) ma’qul keluvchi g’oyalarni ajratib olish;
(4) yangilikni joriy etishni rejalashtirish;
(5) qayta aloqa va tahlil.
Qarorning maqsad va vazifalari.
Pedagogik jaraѐnni boshqarishda tezkor qaror qabul qilish talab etiladi. Negaki vaziyat omili o’z ta’sir darajasiga egadir. Shu sababli, qarorga ayrim talablar qo’yiladi. Bular:
- Qaror ilmiy asoslangan bo’lishi lozim.
- Tezislar bir-biri bilan alokador va yakdil bo’lishi kerak.
- Xuquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim.
- Aniq yo’nalishga ega bo’lishi kerak.
- Vakt bo’yicha qiska va aniq bo’lishi kerak.
- Tezkor bo’lishi kerak.
- Pedagogik faoliyat manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bo’lishi
- kerak.
- Mavjud resurslarni inobatga olgan bo’lishi kerak.
- O’quv, o’quv - uslubiy, ma’naviy
- ma’rifiy va tashkiliy vazifalarni qamrab olgan bo’lishi kerak.
Pedagogik tizim doirasida qaror qabul qilish – bu faoliyatning markaziy nuqtasi hisoblanadi. Unda tanlangan maqsad o’z aksini topgan bo’ladi. Shu sababli, qaror qabul qilish jaraѐni fikrlash jaraѐni bo’lib, u oldindan maqsadni va harakatlarni amalga oshirish uslubini anglashni, makon va vaqt, vaziyat va mas’uliyatni his etishni taqozo etadi. Nazariy jihatdan, jaraѐn tarzida qaror qabul qilishga nisbatan uchta yondashuvni ajratish mumkin:
1. Intuitiv ѐndashuv (bunda qaror his –tuyg’ular asosida qabul qilinadi, ―tarafdorlar va ―qarshilar‖ tahlil qilinmaydi. Ma’lumki, odamning intuitsiyasi tajribani egallash bilan birgalikda rivojlanadi. Turli kishilarda bu sezgi turlicha darajada ifodalanadi. Ma’lumotlar dalolat berishicha, to’g’ri qaror qabul qilishda bu yondashuvning imkoniyatlari katta emas. Qaror qabul qilishda odam o’z intuitsiyasini boshqa yondashuvlar bilan birgalikda mustahkamlab borishi kerak);
2. Dalillarga asoslangan tarzda ѐndashish (bu bilimlarga va to’plangan tajribaga asoslangan qaror tanlovidir. Bunday qarorlar mantiqan olganda sust, lekin bu ѐndashuvning afzalligi uning tezligi va alternativalarni tanlashning kam sarfliligidadir. Bilim va tajribadan foydalanib, sog’lom fikrga asoslanib, odam oldin o’xshash vaziyatlarda ko’proq muvaffaqiyat keltirgan variantni tanlaydi. Agar odamning oldingi tajribasida o’xshash vaziyat bo’lmagan bo’lsa, bu ѐndashuv odatda natija bermaydi);
3. Ratsionalli yondashish (u oldingi tajribaga bog’liq emas va tahliliy asoslangan qaror. Ma’lum bir muammoning ratsional echimini topish quyidagi bosqichlarni bosib o’tadi:
- muammoning diagnostikasi;
- qaror qabul qilish uchun cheklanganliklarni va mezonlarni ifodalash;
- alternativalarni topish;
- alternativalarni baholash;
- oxirgi (yakuniy) tanlov).
Shu bois, qaror qabul qilishda vaziyatni (holatni) diagnostikasini, prognozini amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun aniq o’lchov birligiga ega bo’lgan usulladan vosita sifatida foydalanish talab etiladi. Masalan, jamoaviy munosabatlarga taluqli bo’lgan muammoni o’rganishda Sotsiometriya, guruhiy jipslikni dagnostikasi, faoliyatdan qoniqqanlik holatini baholash tastlarini qo’llash mumkin.
Qaror qabul qilish texnologiyasi.
Qaror, vujudga kelgan muammoni bartaraf etishi uchun normativ talablarga mos tushishi bilan birga aniq shaklga taaluqli bo’lishi shart. Qarorning asosiy shakllari:
- yakkaboshchilik printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- kollegiallik (ko’pchilik fikri) asosida qabul qilingan qarorlar,
- konsesus printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- «Ringli» usul asosida qabul qilingan qarorlar.
Qarorni qaysi turga taalluqligidlan qat’iy nazar, ularda normativ talablar saqlangan bo’lishi lozim. Bular:
Qarorning samaradorligi. Tanlangan alternativa muammoli vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni ta’minlashi va ehtimol tutilganlardan eng yaxshisi bo’lishi kerak.Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinaѐtgan alternativa nafaqat real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf etishning konkret yo’llarini ko’rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador odamlarga xam tushunarli bo’lishi kerak.
Qarorning o’z vaqtidaligi. ―Absolyut to’g’ri‖ qarorning o’zi yo’q. Har qanday qaror u ѐki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida to’g’ri bo’lishi mumkin. Shuning uchun o’z-o’zicha to’g’ri qaror o’z vaqtida emaslig – kechikkanligi ѐki vaqtidan ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi umkin.
Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, o’z vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu hola ba’zida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real –bajariladigan variantlar o’rtasida go’ѐki kompromiss variant sifatida ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini o’zgartirib kelishuvchanlikka borish holatlari). Qarorning konkretligi va reglamentligi. Yaxshi qaror nafaqat muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy – printsipial echimini beradi, balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini – ya’ni rejasini ham o’z ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu orqali muammoga konstruktiv ѐndoshish imkonini beradi.
Qarorda qat’iylik va egiluvchanlikka amal qilganligi. Agar qaror qabul qilindimi, u bajarilishi kerak, degan qoida bor. Shuning uchun ham qabul qilingan qarorni bajarilishida (ish faoliyatidami, oiladami) qattiqlik namoѐn qilinishi kerak. Shu ma’lumki, ba’zi hollardaqabul qilingan qarorning xatoligini payqab qolamiz (rahbarlik faoliyatida tez-tez uchrab tkradi). Bunday hollarda ―zahiradagi variantlar‖ ishga tushishi orqali xatoni to’g’rilash mumkin bo’ladi.
Qarorda “cheklovchi omil” printsipini inobatga olinganligi.
Bunda bir nechta alternativalar ichidan muhimi tanlab olinayotganda odam
cheklovchi yoki hal qiluvchi omillarga e’tibor berib ularni aniq anglashi
kerak. Qaror qabul qilish jaraѐni ko’p qirrali jarayon hisoblanib, majmuaviy Qarorning maqsad va vazifalari.
Pedagogik jaraѐnni boshqarishda tezkor qaror qabul qilish talab
etiladi. Negaki vaziyat omili o’z ta’sir darajasiga egadir. Shu sababli,
qarorga ayrim talablar qo’yiladi. Bular:
• Qaror ilmiy asoslangan bo’lishi lozim.
• Tezislar bir-biri bilan alokador va yakdil bo’lishi kerak.
• Xuquq va javobgarlik doirasida bo’lishi lozim.
• Aniq yo’nalishga ega bo’lishi kerak.
• Vakt bo’yicha qiska va aniq bo’lishi kerak.
55
• Tezkor bo’lishi kerak.
• Pedagogik faoliyat manfaatlarini himoyalashga qaratilgan bo’lishi
kerak.
• Mavjud resurslarni inobatga olgan bo’lishi kerak.
• O’quv, o’quv - uslubiy, ma’naviy - ma’rifiy va tashkiliy vazifalarni
qamrab olgan bo’lishi kerak.
Pedagogik tizim doirasida qaror qabul qilish – bu faoliyatning
markaziy nuqtasi hisoblanadi. Unda tanlangan maqsad o’z aksini topgan
bo’ladi. Shu sababli, qaror qabul qilish jaraѐni fikrlash jaraѐni bo’lib, u
oldindan maqsadni va harakatlarni amalga oshirish uslubini anglashni,
makon va vaqt, vaziyat va mas’uliyatni his etishni taqozo etadi. Nazariy
jihatdan, jaraѐn tarzida qaror qabul qilishga nisbatan uchta ѐndashuvni
ajratish mumkin:
1. Intuitiv ѐndashuv (bunda qaror his –tuyg’ular asosida qabul
qilinadi, ―tarafdorlar‖ va ―qarshilar‖ tahlil qilinmaydi. Ma’lumki,
odamning intuitsiyasi tajribani egallash bilan birgalikda rivojlanadi.
Turli kishilarda bu sezgi turlicha darajada ifodalanadi. Ma’lumotlar
dalolat berishicha, to’g’ri qaror qabul qilishda bu ѐndashuvning
imkoniyatlari katta emas. Qaror qabul qilishda odam o’z intuitsiyasini
boshqa ѐndashuvlar bilan birgalikda mustahkamlab borishi kerak);
2. Dalillarga asoslangan tarzda ѐndashish (bu bilimlarga va
to’plangan tajribaga asoslangan qaror tanlovidir. Bunday qarorlar
mantiqan olganda sust, lekin bu ѐndashuvning afzalligi uning tezligi va
alternativalarni tanlashning kam sarfliligidadir. Bilim va tajribadan
foydalanib, sog’lom fikrga asoslanib, odam oldin o’xshash vaziyatlarda
ko’proq muvaffaqiyat keltirgan variantni tanlaydi. Agar odamning oldingi
tajribasida o’xshash vaziyat bo’lmagan bo’lsa, bu ѐndashuv odatda natija
bermaydi);
3. Ratsionalli ѐndashish (u oldingi tajribaga bog’liq emas va
tahliliy asoslangan qaror. Ma’lum bir muammoning ratsional echimini
topish quyidagi bosqichlarni bosib o’tadi:
- muammoning diagnostikasi;
- qaror qabul qilish uchun cheklanganliklarni va mezonlarni
ifodalash;
- alternativalarni topish;
- alternativalarni baholash;
- oxirgi (yakuniy) tanlov).
Shu bois, qaror qabul qilishda vaziyatni (holatni) diagnostikasini,
prognozini amalga oshirish talab etiladi. Buning uchun aniq o’lchov
birligiga ega bo’lgan usulladan vosita sifatida foydalanish talab etiladi.
Masalan, jamoaviy munosabatlarga taluqli bo’lgan muammoni o’rganishda
Sotsiometriya, guruhiy jipslikni dagnostikasi, faoliyatdan qoniqqanlik
holatini baholash tastlarini qo’llash mumkin.
56
4.3. Qaror qabul qilish texnologiyasi.
Qaror, vujudga kelgan muammoni bartaraf etishi uchun normativ
talablarga mos tushishi bilan birga aniq shaklga taaluqli bo’lishi shart.
Qarorning asosiy shakllari:
- yakkaboshchilik printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- kollegiallik (ko’pchilik fikri) asosida qabul qilingan
qarorlar,
- - konsesus printsipi asosida qabul qilingan qarorlar,
- «Ringli» usul asosida qabul qilingan qarorlar.
Qarorni qaysi turga taalluqligidlan qat’iy nazar, ularda normativ
talablar saqlangan bo’lishi lozim. Bular:
Qarorning samaradorligi. Tanlangan alternativa muammoli
vaziyatni konstruktiv bartaraf etishni ta’minlashi va ehtimol
tutilganlardan eng yaxshisi bo’lishi kerak.
Qarorning asoslanganligi. Qabul qilinaѐtgan alternativa nafaqat
real vaziyatning xususiyatlarini adekvat aks ettirishi va uni bartaraf
etishning konkret yo’llarini ko’rsatishi, balki shu qaror bilan aloqador
odamlarga xam tushunarli bo’lishi kerak.
Qarorning o’z vaqtidaligi. ―Absolyut to’g’ri‖ qarorning o’zi yo’q. Har
qanday qaror u ѐki bu davrda yuzaga keladigan, harakatchan va bir-birlarini
almashtirib turadigan vaziyatlar vaqtida to’g’ri bo’lishi mumkin. Shuning
uchun o’z-o’zicha to’g’ri qaror o’z vaqtida emaslig – kechikkanligi ѐki vaqtidan
ilgariroq qabul qilinganligi oqibatida xato qaror sifatida baholanishi
mumkin.
Qarorning bajarish imkoniyati. Har qanday yaxshi, asoslangan, o’z
vaqtidagi qaror ham agar amalga oshirilmasa befoyda qarorga aylanadi. Bu
hola ba’zida fikran (mavhum) yaxshi qaror varianti bilan real –
bajariladigan variantlar o’rtasida go’ѐki kompromiss variant sifatida
ijro etiladi (oilada, ishxonada qarorning oldingi variantini o’zgartirib
kelishuvchanlikka borish holatlari).
Qarorning konkretligi va reglamentligi. Yaxshi qaror nafaqat
muammoli vaziyatdan chiqishning umumiy – printsipial echimini beradi,
balki bu qarorni amalga oshirish va harakatlar ketma-ketligini – ya’ni
rejasini ham o’z ichiga oladi. Bu holat qaror ijrosini nazorat qilish va shu
orqali muammoga konstruktiv ѐndoshish imkonini beradi.
Qarorda qat’iylik va egiluvchanlikka amal qilganligi. Agar
qaror qabul qilindimi, u bajarilishi kerak, degan qoida bor. Shuning uchun
ham qabul qilingan qarorni bajarilishida (ish faoliyatidami, oiladami)
qattiqlik namoѐn qilinishi kerak. Shu ma’lumki, ba’zi hollardaqabul
qilingan qarorning xatoligini payqab qolamiz (rahbarlik faoliyatida tez-tez uchrab tkradi). Bunday hollarda ―zahiradagi variantlar‖ ishga tushishi
orqali xatoni to’g’rilash mumkin bo’ladi.
Qarorda “cheklovchi omil” printsipini inobatga olinganligi.
57
Bunda bir nechta alternativalar ichidan muhimi tanlab olinaѐtganda odam
cheklovchi ѐki hal qiluvchi omillarga e’tibor berib ularni aniq anglashi
kerak.
Qaror qabul qilish jaraѐni ko’p qirrali jaraѐn hisoblanib,
majmuaviy ѐndashishni taqozo etadi. Nazariy jihatdan qaror qabul qilish
jaraѐni birnechta bosqichlarga amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilishning birinchi bosqichi – muammoni o’rganish – bir
nechta etaplardan tashkil topadi:
1. Muammoni ѐki maqsadni aniqlashtirish.
2. Dastlabki muammo (maqsad)ni qo’yish.
Agar muaammo (maqsad) noto’g’ri qo’yilgan bo’lsa, keyingi barcha
harakatlar va xarajatlar samarasiz bo’ladi. Muammoning noto’g’ri
tanlanishi malakaning (ayniqsa rahbarlik malakasining) pastligi bilan,
keskin kasbiy ustanovkalar (chegaradan chiqish umuman mumkin emasligi
talabi) bilan, shuningdek, muammoning o’z vaqtida emasligi ѐki ―yuqoridan
majbur qilishlar bilan ѐki yuqorining qarorlari bilan bog’liq bo’lishi
mumkin. Bu bosqichda konkret qiyinchiliklarni, muammo tabiatini (u nima
uchun paydo bo’lganini) anglash, muammoni echish maqsadlarini o’ylab chiqish,
erishilgan maqsadlar muvaffaqiyati mezonlarini ajratib olish,
erishilishi lozim bo’lgan pirovard natijani aniqlashtirish zarur.
3. Vakolatlarni taqsimlash.
Qaror qabul qilaѐtgan shaxs muammolarning echimini o’zi topa
olmaydi, shuning uchun ayrim vakolatlarni boshqa ishtirokchilarga
(kompetent xodimlarga) uzatishi ma’qul. Ular qaror qabul qilish uchun
axborotni to’plashlari, muammoni qarab chiqishlari mumkin. Vakolatlarni
taqsimlamaslik oqibatida barcha ishni qilishga ulgurmasdan, stereotip va
xatto xato qarorlarni qabul qilish mumkin. Vakolatni to’la taqsimlamaslik
ham yaxshi samara bermaydi.
4. Zaruriy axborotni jamlash va uni tahlil qilish. Nafaqat
―o’zining‖ (In guruh a’zolarining) axborotini, balki ―begona‖ (Aut guruh
a’zolarining) axborotini inobatga olishi shart.
5. Muamoli vaziyatning kontseptual modelini tuzish. Bu muammoni
tushunish bo’yicha tasavvurlarni, umuman ushbu muammoga nisbatan qarashlar
tizimini nazarda tutadi. Muamoga tor nuqtai nazardan, g’oyaviy ustanovkalar
va eskirgan qarashlar nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish kerak emas. Bu
muammoni yaxlit, kontseptual tushunishni buzilishiga olib kelishi mumkin.
6. Konkret vaziyatni asoslash va uning formallashgan modelini tuzish.
Bunday model shaxobchali grafik ѐki maqsadlar daraxti (echimlar daraxti)
ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Qaror qabul qilishning ikkinchi bosqichi – g’oyalar ishlab chiqish –
muammoning yechim yo’llarini shakllantirishdan iborat. G’oyalar ishlab
chiqishning samarali metodlaridan biri ―aqliy hujum‖ (breynstorming)
metodi hisoblanadi.
Qaror qabul qilishning uchinchi bosqichi – g’oyalarni baholash – har bir g’oyaning qiymatini, ustunliklarini, uning samaradorligini va risq (tavakkalchilik) darajasini baholashdan iborat. Riskda rejasini baholaganda odam birinchi navbatda shaxsiy xavfsizlik motivlarini ( kim bilandir konflikt bo’lishi tavakkalini, vaziyatda kutilmaganlik tavakkalini, obro’lilik tavakkalini va b.) hisobga oladi, ammo g’oyani o’zining tavakkalini (riskini) baholamaydi.
Har bir g’oya(tanlov)ning samaradorligini va tavakkalchiligi (riski)ni boshlang’ich ―echimlar daraxtini‖ qurish ѐrdamida baholash mumkin. Bu daraxt mavjud alternativalar va ularning ehtimoliy oqibatlari sxemasidan iborat bo’ladi. Bunday sxemalarni tuzish, ayniqsa izchil qaror qabul qilishda samrali bo’ladi. Qabul qilingan qaror samaradorligining mezoni – bu ketgan
xarajatlarni eng kam muddatda qoplab yaxshi daromad olishga erishish.
Qaror qabul qilishning to’rtinchi bosqichi – bu yakuniy tanlov (boshqaruvda buyruq shaklida shakllantirish va ifodalash) – bu bosqich qaror bajarilshini rejalashtirishni ta’minlab beradi. Bunda mazkur qarorni bajarish dasturi qabul qilinadi, muddati belgilanadi.
Qaror qabul qilishning beshinchi bosqichi – qaytarma aloqa va qarorni tahlil etish – bunda qabul qilingan qarorni amaliy bajarish nazarda tutiladi. Qabul qilingan qarorni bajarishning yakuniy bosqichida qaror natijalari tahlil qilinadi, zarur xollarda o’zgartirishlar (korrektirovka) kiritiladi. Nazorat qabul qilingan qarorni o’z vaqtida bajarishni ta’minlash maqsadida zarur bo’ladi.
Nazariy jihatdan qaror qabul qilish jarayoni birnechta bosqichlarga amalga oshiriladi.
Qaror qabul qilishning muammoni o’rganish – bir nechta etaplardan tashkil topadi:
1. Muammoni yoki maqsadni aniqlashtirish.
2. Dastlabki muammo (maqsad)ni qo’yish.
Agar muaammo (maqsad) noto’g’ri qo’yilgan bo’lsa, keyingi barcha harakatlar va xarajatlar samarasiz bo’ladi. Muammoning noto’g’ri tanlanishi malakaning (ayniqsa rahbarlik malakasining) pastligi bilan, keskin kasbiy ustanovkalar (chegaradan chiqish umuman mumkin emasligi talabi) bilan, shuningdek, muammoning o’z vaqtida emasligi yoki ―yuqoridan majbur qilishlar bilan yoki yuqorining qarorlari bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Bu bosqichda konkret qiyinchiliklarni, muammo tabiatini (u nima uchun paydo bo’lganini) anglash, muammoni echish maqsadlarini o’ylab chiqish, erishilgan maqsadlar muvaffaqiyati mezonlarini ajratib olish, erishilishi lozim bo’lgan pirovard natijani aniqlashtirish zarur.
3. Vakolatlarni taqsimlash.
Qaror qabul qilaѐtgan shaxs muammolarning echimini o’zi topa olmaydi, shuning uchun ayrim vakolatlarni boshqa ishtirokchilarga (kompetent xodimlarga) uzatishi ma’qul. Ular qaror qabul qilish uchun axborotni to’plashlari, muammoni qarab chiqishlari mumkin. Vakolatlarni taqsimlamaslik oqibatida barcha ishni qilishga ulgurmasdan, stereotip va xatto xato qarorlarni qabul qilish mumkin. Vakolatni to’la taqsimlamaslik ham yaxshi samara bermaydi.
4. Zaruriy axborotni jamlash va uni tahlil qilish. Nafaqat ―o’zining‖ (In guruh a’zolarining) axborotini, balki ―begona‖ (Aut guruh a’zolarining) axborotini inobatga olishi shart.
5. Muamoli vaziyatning kontseptual modelini tuzish. Bu muammoni
tushunish bo’yicha tasavvurlarni, umuman ushbu muammoga nisbatan qarashlar tizimini nazarda tutadi. Muamoga tor nuqtai nazardan, g’oyaviy ustanovkalar va eskirgan qarashlar nuqtai nazaridan munosabatda bo’lish kerak emas. Bu muammoni yaxlit, kontseptual tushunishni buzilishiga olib kelishi mumkin.
6. Konkret vaziyatni asoslash va uning formallashgan modelini tuzish. Bunday model shaxobchali grafik ѐki maqsadlar daraxti (echimlar daraxti) ko’rinishida bo’lishi mumkin.
Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi
–muammo yuzaga kelgan ob’yektiv borliq, informatsion va kontseptual model uchburchak shaklida iloji boricha bir-biriga uyg’unlashgan bo’lishi hamda uchburchakning, aytaylik, bir burchagi ikkitasidan yuqorida yoki pastda joylashmasligi kerak.
Bu taqqoslashda birlamchi manba sifatida muammoli vaziyat, ya’ni borliq qabul qilinadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid ko’pgina tadqiqotlarda yechilishi lozim bo’lgan muammoning aniqlik darajasiga katta e‟tibor beriladi. Shu ma’noda aniqlik va noaniqlik vaziyatlarida qabul qilinuvchi qarorlar haqida aytib o’tish lozim. Bunday vaziyatlardagi qaror qabul qilish tezligi va mazmuni ham bir biridan farq qiladi.
.