Nuraliyeva Nargiza Bozorboyevna 1983-yil 26-aprel Sirdaryo viloyati Guliston tumani Boyovut jamoa xo’jaligida tug’ilgan, ma’lumoti oliy (magistr), millati o’zbek. 2004-yil Guliston davlat universitetini (bakalavr) boshlang’ich ta’lim yo’nalishini tamomlagan.
Magistraturani 2007-yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat universitetini pedagogika yo’nalishini tamomlagan.
Umumiy pedagogik staj 20 yil.
Bugungi kunda Guliston davlat universiteti, Masofaviy ta’lim kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida, pedagogika, psixologiya, boshqaruv psixologiya, ta’lim menejmenti, o’qituvchi nutq madaniyati kabi fanlardan dars o’tib kelmoqda, hamda 2024-yildan “Sirdaryo online education” MCHJ direktor yordamchisi sifatida, ta’limda onlayn xizmat ko‘rsatish yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatni yo‘lga qo‘ydi.
N.Nuraliyeva 20 yillik tajribaga ega ilg‘or pedagog sifatida zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalangan holda yosh avlodni komil inson qilib voyaga yetkazish borasida samarali mehnat qilib kelmoqda.
N.Nuraliyevaning qisqa muddatli pedagog faoliyati:
2000-2004 yy. - Guliston davlat universiteti talabasi;
2004-2005 yy.- Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim va TAS” kafedrasi laboranti;
2005-2007 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti;
2007-2010 yy. -Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim va TAS” kafedrasi pedagogika o’qituvchisi;
2011- 2013 yy. -Guliston davlat universiteti “Boshlang’ich ta’lim uslubiyati” kafedrasi pedagogika o’qituvchisi;
2013- 2013 yy - Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “O’quv-uslubiy” bo’lim statisti;
2013-2015 yy - Sirdaryo viloyat pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti “O’quv-uslubiy” bo’limi metodisti;
2016-2021 yy- Pedagogika, psixologiya va ta’lim menejmenti kafedrasi katta o’qituvchisi;
2021 - Guliston davlat universiteti “Masofaviy ta’lim kafedrasi” katta o’qituvchisi lavozimidaishlab kelmoqda.
N.Nuraliyeva o‘z sohasini yaxshi biladigan, har bir ishga vijdonan yondoshadigan, mas’uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil fikriga ega, o‘z ustida muntazam ishlaydigan inson. Ish faoliyati davomida intizomliligi, o‘z ishining bilimdoni ekanligi, tashabbuskorligi, ishga talabchanligi, innovatsion g‘oyalar bilan har bir ishga kreativ yondashuvi, mas’uliyatni o‘ta kuchli his etishi bilan jamoada o‘z o’rniga ega pedagog hisoblanadi. O’z mehnat faoliyati davomida yangi metodikalardan muntazam foydalanishi, internet tarmoqlari va kompyuter texnologiyalarini mukammal egallaganligi uchun sertifikat va diplomlarga ega bo’lgan.
N.Nuraliyeva ta’lim tizimida ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy va mustaqil fikraga ega qilib tarbiyalash, ularga ta’lim-tarbiya berish, talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch ekanligini singdirish, talabalarga egallagan kasbiga mos inson bo’lishida o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Sirdaryo viloyati o’qituvchilarni malakasini oshirish institutidagi mehnat faoliyatida, o’qituvchilar uchun “Mahorat maktabi”, “Yosh o‘qituvchilar maktabi”, kabi maktablarini tashkil etishda munosib hissa qo’shgan hamda, bir nechta metodik tavsiyalar, zamonaviy ochiq dars ishlanmalari mualifi bo’lgan.
Bundan tashqari Guliston davlat universitetidagi mehnat faoliyati davomida tanlangan tadqiqot mavzusi yuzasidan 1 ta “Umumiy pedagogika va psixologiya” nomli darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 6 ta metodik ko’rsatma, 2 ta xalqaro Scopus va Web of science bazalarida indekslangan jurnallarda, 5 ta respublika milliy OAK jurnallarida, 4 ta xorijiy OAK jurnallarida, 8 ta xalqaro jurnallarda ilmiy maqola va Respublika xorijiy ilmiy amaliy konferensiyalarida maqola, teyzis tarzida ilmiy-metodik isjlari nashr ettirilgan.
Pedagoglik faoliyati davomida; o’qituvchilar malakasini oshirish uzluksiz kasbiy rivojlantirish platformasiga hamda, GulDu platformasiga pedagogika, psixologiya, o’qituvchi nutq madaniyati kabi fanlardan videokontent, test, topshiriqlar, maruza va videodarslari samarali tashkil etilib, joylashtirib kelingan.
N.Nuraliyeva ilmiy mavzusi bo’yicha olib brgan tadqiqot ishlari natijasi asosida T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida PZ-2014-0906164153-“Ilmiy-pedagogik va o’quv-metodik nashrlar orqali o‘qituvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish mexanizmini ishlab chiqarish” mavzusidagi amaliy loyiha, MRB–OT-2019-23 raqamli “Zamonaviy axborot kommunikattsiya texnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar tayyorlashning ilmiy metodik ta‘minoti” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda, Andijon davlat universiteti 2017-2021 yillarda bajarilgan OT-F1-18 raqamli “Ommoviy lissoniy madaniyatni shakllantirish metodlari va metodologiyasini ishlab chiqish” fundamental tadqiqot loyihalarda faol ishtirok etgan.
N.Nuraliyeva bugungi kundagi ta’lim tizimida zamonaviy talablar asosida o’quv-uslubiy ishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyati, manaviy-marifiy ishlari, xalq ta’limi o’qituvchi va pedagogklari uchun turli seminar trening, mahorat darslari, hamda ustoz shogirt an’anasiga muvofiq samarali ishlarni yo’lga qo’yib kelmoqda.