menejment.uz
Mavzu: Taʼlim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish masalalari.

Mavzu: Taʼlim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish masalalari

REJA:

  1. Korrupsiya haqida tushuncha.
  2. Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari.
  3. Talim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga barham berishda rahbarlar masuliyati

 

1.Korrupsiya haqida tushuncha

Korrupsiya - shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi tushuniladi.

Bunda shaxs bir oʼzi yoki boshqa shaxslar bilan jinoiy guruhga birlashgan holda qonunga hilof ravishda, noqonuniy yoʼllar bilan moddiy daromad olishni maqsad qilgan holda jinoiy harakatlarni amalga oshiradi.

Korrupsiya tushunchasi va shakllari xalqaro darajada rasman BMTning 1995 yildagi rezolyutsiyasida o‘z aksini topgan. Ushbu rezolyutsiya qoidalariga muvofiq, davlat ichki qonunchiligi korrupsiya mezonlarini va uni bartaraf etish choralarini belgilaydi.

Korrupsiya - mansabdor shaxsning oʻz mansabi boʻyicha berilgan xuquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiisteʼmol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham korrupsiya deyiladi.

Korrupsiya - ko‘plab  davlatlarning jinoyat va ma’muriy  qonunchiligi bilan huquqqa qarshi  harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiya Jamiyatni siyosiy va iqtisodiy rivojlanishiga zarar yetkazadi. Davlatni Konstitusiyaviy asoslarini yemiradi. Qonun ustuvorligini kuchsizlantiradi

 “Korrupsiya” so‘zi lotinchadan kelib chiqqan bo‘lib, pora evaziga sotib olish, buzilish, sotilish degan ma’nolarni bildiradi. Yanayam soddaroq qilib aytganda, bu termin mansabdor shaxsning qonun va axloq me’yorlariga zid ravishda o‘z shaxsiy manfaati uchun mansab vakolatlari va huquqlarini suiiste’mol qilishini anglatadi. 

Bundan tashqari korrupsiya deganda davlat idorasida ximat qilayotgan mas’ul shaxs pora evaziga fuqaroning ishini “to‘g‘rilab”, hojatbarorlik qilishi ham tushuniladi. 

Korrupsiya – bu jamiyat iqtisodiga, uni barqaror rivojlanishiga, fuqarolarni qonun bilan qoʼriqlanadigan huquq va erkinliklari, manfaatlarini buzilishiga olib keladigan jinoiy xatti-harakat boʼlib, unga qarshi kurashish barchamizning burchimiz hisoblanadi.

 

2. Ozbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslari.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʼlgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Korrupsiyaviy huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi organlar va muassasalar tizimi quyidagilar hisoblanadi:

Ichki ishlar organlari; Davlat bojxona xizmati organlari; Prokuratura organlari, Davlat xavfsizlik xizmati organlari; Adliya organlari; Davlat soliq xizmati organlari, Mehnat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari; Ta’limni davlat tomonidan boshqarish organlari va ta’lim muassasalari; Davlat sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash muassasalari bevosita korrupsiya qarshi kurashishda va uning oldini olishda ishtirok etadilar.

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni qonunchilikka muvofiq boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. Qonun bilan yuqorida sanab o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi vakolatlari belgilangan. Bundan tashqari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar, OАV va fuqarolar korrupsiyaga qarshi kurashishda ishtirok etadi.

Hozirgi davrda korrupsiya ko‘pgina davlatlarning iqtisodiy va siyosiy salohiyatiga o‘zining salbiy taʼsirini koʼrsatib bera oldi. Unga qarshi kurashish, muntazam ravishda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash yuzasidan qanday ishlar olib borilayotgani xususida so‘z yuritadigan bo‘lsak, o‘tgan yillar mobaynida poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiiste’mol qilish kabi holatlar bo‘yicha qonunchilikda turli jazolar belgilangan. Shunga qaramasdan, bizda bevosita korrupsiyaga oid qonun yo‘q edi. 

Shulardan kelib chiqib, 2017-yil 3-yanvarda O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilingan. Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma’qullanib, Respublika Prezidenti tomonidan 2017-yil 3-yanvarda imzolangandan soʻng O‘RQ-419-son bilan ro‘yhatga olingan.

Ushbu Qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim dasturilamal bo‘ladi, deb ayta olamiz.

Qonun orqali korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning asosiy maqsadi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iboratdir.

Ushbu qonun mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda muhim dasturilamal bo‘ladi, deb ayta olamiz. 

Qonun 6 bob, 34 moddadan iborat. 1-bob - Umumiy qoidalar. 2-bob - Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlar.   3-bob - Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish. 4-bob - Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar. 5-bob - Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi va 6-bob -Yakunlovchi qoidalarni oʻz ichiga oladi.

Ushbu Qonunning 3-moddasida: 

Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta‘sir ko‘rsatayotgan yoxud ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaziyat deb ta’rif berilgan.

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan, sodir etilganligi uchun qonun hujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish.

Qonunning 4-moddasida: korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy tamoyillari bayon etilgan. Xususan, unda qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi bayon etilgan. 

 Qonunning 5-moddasida: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi Davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari   koʻrsatib oʻtilgan boʻlib, ular korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.

Qonunning 6-moddasida: Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlar haqida soʻz yuritilgan.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlari va boshqa dasturlarga keladigan boʻlsak, Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaning holati hamda tendensiyalaridan kelib chiqqan holda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosati davlat dasturlari va boshqa dasturlar asosida amalga oshirilishi mumkin

Mazkur Qonun oʼz navbatida, fuqarolarga korruptsiya va korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illatlari haqida maʼlumot beradi.

Darhaqiqat, korrupsiya har qanday jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy hayotiga xavf soladigan, qolaversa, mamlakat taraqqiyotiga toʼsiq boʼladigan illatdir.

 Mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning umumiy strategiyasini amalga oshirish doirasida qonun ustuvorligini taʼminlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish va bunda korrupsiya jinoyatiga qarshi kurashish yuzasidan qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini taʼminlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega boʼlgan yangi usullarni qoʼllash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi PF-6257-sonli Farmoni tushunchasi.

2021-yil 6-iyulda “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 6257-son Farmoni tasdiqlangan.

Bunga asosan Mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimni joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. 

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffoflikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.

Raqamli texnologiyalar imkoniyatidan keng foydalangan holda transport vositalariga davlat raqam belgilarini berish, notariat va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish, yer uchastkalarini ajratish, yo‘l harakati qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish kabi ko‘plab sohalarda korrupsiya va suiiste’molchiliklarning oldini olishga qaratilgan samarali mexanizmlar joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘rilayotgan tizimli choralarga qaramasdan, budjet mablag‘laridan foydalanish, davlat xaridlari, kapital qurilish, litsenziya va ruxsatnomalarni olish, bank kreditlarini ajratish, ishga qabul qilish kabi yo‘nalishlarda korrupsiya holatlari saqlanib qolmoqda.

Jinoyat Kodeksida korrupsiyaga oid jinoyatlar toifasiga kiruvchi moddalarning aniq ro‘yxatini belgilash vazifasi etib quyidagilar belgilangan. Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralarini uzoq muddatli ozodlikdan mahrum qilish jazo chorasigacha keskin kuchaytirish; daromadlar va mol-mulkni deklaratsiyalash jarayonida aniqlangan noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlik o‘rnatish; korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy jazoni o‘tashda yengillashtiruvchi normalar qo‘llanilishiga cheklovlar belgilash.

O‘zbekiston tarixida ilk bor korrupsiya so‘zi yangi tahrirdagi Konstitutsiyada qo‘llanilib, korrupsiyaga qarshi kurashish vazifasi Bosh qomus darajasida mustahkamlandi va quyidagilar belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining birgalikdagi vakolatlari (93-moddaning 19-bandi)ga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi har yilgi milliy ma’ruzani eshitadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mutlaq vakolatlari (95-moddaning 1-bandi) ga ko‘ra:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbarini saylaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari (109-moddaning 13-bandi) ga ko‘ra:

respublika korrupsiyaga qarshi kurashish organining rahbari lavozimiga nomzodni taqdim etadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolatlari (115-moddaning 10-bandi) ga ko‘ra: 

ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishida ochiqlik va shaffoflikni, qonuniylik va samaradorlikni ta’minlash, ularning faoliyatida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish, davlat xizmatlarining sifatini oshirish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha choralar ko‘radi[1].

Respublikamizda huquqiy targʻibot sohasida olib borilayotgan oʻzgarishlar, amalga oshirilayotgan demokratik jarayonlarda aholining, jumladan, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim ahamiyatga ega. Tinch va obod yurtimizda inson baxt-saodati va farovonligi yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati nafaqat fuqarolarning siyosiy ongi, balki ularning huquqiy madaniyati darajasiga ham koʻp jihatdan bogʻliq.

Shaxsning huquqiy madaniyati rivojlanishida oilaning, mahallaning, taʼlim muassasalarining, tom maʼnoda esa davlat va jamiyatning tutgan oʻrni shak-shubhasiz kattadir.

Mening nazarimda, inson hayotida oilada koʻrgan tarbiyasi uning kelajak taqdirini belgilaydi. Halollik, birovning haqini yemaslik ogʻir gunoh ekanligini bolaligidan qalbida jo qilingan kishidan yomonlik chiqmaydi. Uning ana shu goʻzal fazilati butun umrini bezaydi. Bu esa oʻz-oʻzidan yurt taraqqiyoti, jamiyat rivojiga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini olib borishda davlat dasturlari va boshqa dasturlarning oʻrni ham muhim hisoblanadi.

Davlat dasturlari va boshqa dasturlar ushbu qonunning qoidalari samarali ijro etilishini ta’minlash, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha kompleks va tizimli chora-tadbirlar ko‘rish maqsadida ishlab chiqiladi hamda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 200-son Prezident Farmoni davlatimiz rahbarining tashabbuslari va muhim ko‘rsatmalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu hujjat bilan aholini qiynab kelayotgan qator dolzarb masalalar o‘z yechimini topmoqda.

Misol uchun, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati quyidagi ma’lumotlar bilan to‘ldiriladi.

1. “Haj” ziyoratiga borishdagi firibgarlik holatlarini oldini olish va navbatga turish tizimini ochiq va shaffof bo‘lishini taʼminlash maqsadida hududlar kesimida “Haj” tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar;

2. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar.

3. Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat).

4. Markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5. Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar doimiy yangilab boriladi va u barcha uchun ochiq bo‘ladi.

Yana bir muhim o‘zgarish sifatida quyidagilar: 

a) falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy kengash tomonidan o‘tkaziladigan dissertatsiya himoyasi (yopiq ilmiy ishlar bundan mustasno);

b) o‘rta-maxsus va professional ta’lim muassasalarining, (shu jumladan, “Temurbeklar maktablari” harbiy-akademik litseylarining) test sinovlari hamda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga kirish imtihonlari;

v) oliy ta’lim muassasalari bazasidagi harbiy ta’lim fakultetlariga (harbiy kafedra) qabul qilishdagi saralash tanlovlarining quyidagi bosqichlari:

umumjismoniy tayyorgarlikni baholash;

chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik dasturi bo‘yicha bilim darajasini baholash internet tarmog‘i orqali jonli efirga uzatish tartibi joriy etiladi.

Yana bir yangilik sifatida, davlat organlari va tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushayotgan mablag‘lar, misol uchun – jarima, davlat mulkini ijaraga berish va sotish, pullik xizmatlardan kelib tushgan mablag‘larning qaysi maqsadlarga sarflanayotgani jamoatchilikka ochiq eʼlon qilib boriladi.

 Shuningdek, davlat xaridlarida tovarlarning narxlarini nazorat qilish mexanizmlari takomillashtirilib, tovarning boshlang‘ich narxi davlat xaridlarining maxsus axborot portalida eʼlon qilingan narxlar asosida shakllantiriladi. 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonunchilik buzilganligi holatlari yuzasidan maʼmuriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish, shuningdek, xarid qilish tartib-taomillarini to‘xtatib turish vakolatini berish nazarda tutilmoqda.

Farmon bilan 9 ta ustuvor yo‘nalish, 30 ta chora-tadbirlardan iborat Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023–2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi. 

Dastur, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonuniy asoslari yanada takomillashtiriladi; 

korrupsiya to‘g‘risida xabar beruvchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi; 

vazirlik va idoralarning kadrlar bilan ishlash yo‘nalishidagi faoliyati hrm.argos.uz elektron bazasi orqali amalga oshiriladi;   

davlat organlari va tashkilotlari byudjetdan tashqari jamg‘armalariga kelib tushayotgan mablag‘larning sarflanishi ustidan samarali jamoatchilik nazorati o‘rnatiladi; 

davlat xaridlari tartib-taomillarini buzgan mansabdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini taʼminlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi; 

maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi amalga oshiriladi; 

“Ochiq Hukumat hamkorligi” xalqaro tashkilotiga aʼzo bo‘lish choralari ko‘riladi;  

korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan milliy strategiya ishlab chiqiladi.

Davlat dasturining VIII bo‘limi aynan Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib unda quyidagi vazifalar belgilangan:

22-bandida Korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalarining rolini oshirish.

23-bandida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni doirasida keng ko‘lamli “Aksilkorrupsiya haftaligi”ni o‘tkazish.

24-bandida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini aniqlash va oshirish maqsadida tizimli ravishda ijtimoiy tadqiqotlar va so‘rovlar tashkil etib borish va natijalarini keng jamoatchilikka e’lon qilish.

25-bandida Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish.

26-bandida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, bu borada erishilgan natijalarni muhokama qilish va tushuntirishga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbirlarini amalga oshirish ishlarini mexanizmlari va muddatlari hamda mas’ullar belgilangan.

 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ham Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni olish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 200-son Prezident farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023–2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi tasdiqlandi. 

Dasvlat dasturining 25-bandida Yoshlarda korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish hisoblanadi. Unga ko‘ra korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi davlat organlari vakillarining yoshlar bilan uchrashuvlarini tashkil etish yuzasidan yillik reja-jadvalni ishlab chiqish va ijrosini ta’minlash belgilangan[2].

Davlat dasturi doirasida 2023-yil 20-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish boʻyicha “YOʻL XARITASI” tasdiqlangan.

“Yo‘l xaritasi” da quyidagi yo‘nalishlarning amalga oshirish mexanizmlari belgilangan:

I. Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;

II. Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha umumiy tashkiliy-amaliy, shuningdek, korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar belgilash;

III. Maktabgacha va maktab taʼlimi sohasida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini takomillashtirish;

IV. Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi samaradorligini oshirish;

Bundan tashqari, 2023-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining “Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki idoraviy hujjatlarni yangi tahrirda tasdiqlash haqida” gi 196-son buyrug‘i tasdiqlangan.

Buyruqni tasdiqlashdan asosiy maqsad: O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash, ISO 37001:2016 “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejmenti tizimlari - Foydalanish bo‘ֹyicha xalqaro talablar va tavsiyalar” xalqaro standarti talablari va tavsiyalarini inobatga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimida va xodimlari faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymaslik va bu borada samarali tizimni shakllantirishdan iborat. 

 Buyruq bilan quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘ֹyicha siyosati 1-ilovaga muvofiq; 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti 2-ilovaga muvofiq; 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risida nizom 3-ilovaga muvofiq; 

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlariga aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti 4-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining etika va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma 5-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma 6-ilovaga muvofiq;

IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: JR18718981 O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘ֹlinmalari hamda tizim tashkilotlariga ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma 7-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida Korrupsiyaga qarshi tartib-taomillarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti 8-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurash tizimining holati to‘g‘risidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish haqida nizom 9-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish reglamenti 10-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari tomonidan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar 11-ilovaga muvofiq;

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, uning hududiy va tarkibiy bo‘linmalari hamda tizim tashkilotlari tomonidan kontragentlar bilan tuziladigan shartnomalarga kiritish uchun korrupsiyaga qarshi qoidalarning mazmuni bo‘yicha asosiy shartlar 12-ilovaga muvofiq tasdiqlangan. 

 

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni bir qator xalqaro tashkilotlar bilan amalga oshiriladi:

  1. OSCE (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti)
  2. UNODC (BMTning Narkotik va jinoyatchilik boyicha idorasi)
  3. FATF (Noqonuniy daromadlarni legallashtirishga qarshi tashkiloti)
  4. EGMONT GROUP (Moliyaviy razvedkalar uyushmasi)
  5. OECD (Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti);
  6. Evropa Ittifoqi
  7. UNDP (BMT taraqqiyot dasturi

 

2005 y. 23 martda O‘zbekiston Respublikasi BMT ning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyaga qo‘shildi (2000 y. 15 noyabr) 

2008 yil 7 iyulda O‘zbekiston Respublikasi BMT ning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga qo‘shildi (2003 y. 31 oktyabr) 

2010 yil martda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OESR) doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurashning Istanbul rejasiga qo‘shildi (2003 yil 10 sentyabr)

2011-yil 13-dekabrda Jinoiy daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha Yevroosiyo guruhi to‘g‘risidagi bitimini ratifikatsiya qilgan  (Moskva, 2011 yil 16 iyun)

 

Manfaatlar  to‘qnashuvining  ko‘rinishlari quyidagicha:

Kronizm (ingliz.xamfikr, tanish bilichilik, guruhbozlik) - doʻstlar yoki ishonchli shaxslarga noqonuniy imtiyozlar taqdim etish maqsadida hokimiyat (lavozim mavqesidan) va obroʻsidan foydalanish; 

manfaatlar toʻqnashuvi – Tashkilot xodimining shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorlik shaxsning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir koʻrsatayotgan yoxud taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari va qonuniy manfaatlari oʻrtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan yoki yuzaga kelishi mumkin boʻlgan vaziyat; 

manfaatlar toʻqnashuvini oshkor qilish – xodimlar tomonidan potensial yoki real manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida eʼlon qilish tartib-taomili; manfaatlar toʻqnashuvini tartibga solish – Tashkilot tomonidan xodimlarning xizmat majburiyatlari lozim darajada bajarilmasligi holati va (yoki) manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelganda ularning manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlar) Tashkilot manfaatlaridan ustun kelishi xavfini kamaytirish yoki bartaraf etish; mahalliychilik – shaxsni uning nasliy kelib chiqishi (aslzoda yoki mashhur sulola vakili ekanligi va u jamoatchilik tomonidan eʼtirof etilganligi) hamda yaqin qarindoshlarining egallab 2 turgan xizmat mavqeyi sababli, uning lavozimga qoʻyiladigan malaka talablariga mos kelish-kelmasligini hisobga olmagan holda ishga qabul qilish, rotatsiya qilish va lavozimga tayinlash; 

nepotizm (tanish-bilishchilik, qarindosh-urugʻchilik; favoritizmning qarindoshlik rishtalariga asoslangan koʻrinishi) – oʻzining yaqin qarindoshlari yoki doʻstlariga noqonuniy imtiyozlar berish maqsadida hokimiyatdan foydalanish va (yoki) taʼsir oʻtkazish, shuningdek, yaqin qarindoshlari va (yoki) doʻstlariga asossiz mukofotlar hisoblash, Tashkilot manfaatlari zarariga, yaqin qarindoshlari va doʻstlarini ishga qabul qilish va lavozimga tayinlashlar; potensial manfaatlar toʻqnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Tashkilot bilan bogʻliq boʻlgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy va boshqa manfaatlari) muayyan vaziyatlar yuzaga kelganda, ular Tashkilotning manfaatlariga qarama-qarshi boʻlishi va Tashkilot xodimlari tomonidan xizmat majburiyatlarini bajarishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan vaziyat;

real manfaatlar toʻqnashuvi – xodimning, uning yaqin qarindoshlarining va (yoki) Tashkilot bilan bogʻliq boʻlgan shaxsning shaxsiy manfaatlari (shu jumladan shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari) Tashkilot manfaatlariga bevosita yoki bilvosita qarama-qarshi boʻlgan vaziyat; 

urugʻ-aymoqchilik – tashkilot xodimining avlod-ajdodlari bir boʻlgan, bir sulolaga mansublik asosida uchinchi shaxslarga nisbatan subyektiv, imtiyozli va noxolis munosabat shaklidagi shaxsiy manfaatdorligi; 

rahnamolik, favoritizm  (fr. favorit) - ximoya ostidagi ayrim xodimlarni yaqin olish va quvvatlash.

Tashkilot xodimi boshqa shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga qaraganda bitta shaxs yoki shaxslar guruhi manfaatlariga ustuvor ahamiyat qaratishi, Tashkilotda kadrlarni tanlash va joylashtirish, lavozimini koʻtarish, mukofot puli berish va davlat mukofotlariga tavsiya etish, taʼtil berish yoki sihatgohlar va xorijiy safarlarga yuborish, murojaatlar, shuningdek ish va navbatchilik jadvallarini koʻrib chiqishda ketma-ketlikni yoʻlga qoʻyish bilan bogʻliq vaziyatlarda tartiblarga rioya qilmaslik; xodimning shaxsiy manfaatdorligi – xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini bajarish doirasida uning yaqin qarindoshi yoki xodimga aloqador boʻlgan shaxslar tomonidan xodimning mansab yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan pul mablagʻlari, moddiy yoki nomoddiy qiymatliklar, boshqa mol-mulk, boylik va imtiyozlar koʻrinishida shaxsiy naf olish imkoniyati (shaxsiy, ijtimoiy, mulkiy, moliyaviy, siyosiy va boshqa manfaatlari);

shafelik – Tashkilot xodimining lavozimi yuqoriroq boʻlgan boshqa xodim tomonidan qulay mehnat sharoitlarini yaratib berish shaklidagi himoyasi, uni yoqlab yonini olishi yaqin qarindoshlar – qarindosh yoki quda tomondan qarindosh boʻlgan shaxslar, yaʼni ota-ona, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar, er-xotin, farzand, shu jumladan farzandlikka olinganlar, bobo, buvi, nevaralar, shuningdek er-xotinning ota-onasi, tugʻishgan va oʻgay aka-uka va opa-singillar;

lobbizm (ingliz. lobby – kuluar, koridor) norasmiy shaxslarning o‘zaro uchrashib, rasmiy qarorlar ustunlik qabul qilishdagi siyosiy taʼsirning o‘ziga xos turi

pantuflyaj (fran. Shippakni almashtirish) sektorga ishga joylashishi;

proteksionizm ot. ko‘maklashish) maʼlum bir shaxslarni lavozimga tayinlashga ko‘maklashish;

aloqador shaxslar – Tashkilot xodimi bilan tijorat tashkilotlarining ustav kapitalida ishtirok etadigan shaxslar, aksiyalari Respublika fond birjasida ommaviy muomalada boʻlgan aksiyadorlik jamiyatlarining besh foizidan kam boʻlgan miqdordagi aksiyaga ega ekanligi bundan mustasno. 

 

3.Ta’lim tizimida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularga barham berishda rahbarlar mas’uliyati. Halollik vaksinasi.

Ta’lim muassasalari korrupsiyaga qarshi kurash va uni oldini olishda quyidagi ishlarni bajarishlari maqsadga muvofiq bo‘lar edi.

Har bir ta’lim muassasasida “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tuzilib ushbu illatga qarshi kurashish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, ularni sodir etishga imkon yaratuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishda har qanday moddiy qiymatga ega “hadya” larni berilishiga yoki ularning xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan boshqa imtiyozlar taklif qilinishga qarshi keskin kurashish kerak bo‘ladi.

Pora berish ham pora olish ham jinoyat ekanligini yoshlarimizga tushuntirishimiz shart. Poraning turlariga keladigan boʻlsak – pul yoki moddiy qimmatliklar olish, berish; xizmat koʻrsatish; mulkiy manfaatdor boʻlish pora hisoblanadi.

Milliy qonunchiligimizda korrupsiyaning turli yo‘nalishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan normalar mustahkamlangan. Jumladan, pora olish yoki berish, unga vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Ta’lim tizimidagi xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquqiy madaniyatni yuksaltirish zarur. Huquqiy taʼlim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, maʼnaviy va baʼzi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘qishi davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. 

Bundan tashqari huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo‘llay olish ko‘p jihatdan huquqiy taʼlimning mazmun-mohiyatiga bog‘liqdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, huquqiy taʼlim har bir shaxsning o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishini taʼminlashning zaruriy sharti va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 

Bu esa ta’lim tizimida xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquqiy ongini shakllantirishning muhim omili bo‘lgan huquqiy taʼlimni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni muntazam o‘rganib borish, ilmiy tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Bunda huquqiy taʼlim-tarbiya, huquqni o‘qitish, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim, ko‘nikma va malakaning o‘rni bilan aloqador masalalarni o‘rganish muhimdir. 

Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar tuzish kerak. Chora-tadbirlar tuzishda quyidagilarga ahamiyat berishimiz zarur:

  • faoliyatning ochiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlash;  

- korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik;

- xodimlarining moddiy taʼminot olishini taʼminlash;  

- ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi monitoringini o‘tkazish; 

- odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;  

- xizmat majburiyatining bajarilishi samaradorligini baholash. 

Korrupsiyaga qarshi kurashishda xodimlar va ta’lim oluvchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy ong va madaniyatini yuksaltirishda quyidagilarni inobatga olishimiz zarur:

Birinchidan, huquqiy ong tarkibida tushuncha, tassavur, baholash, fikr yuritish kabi jarayonlarning huquq normalarigina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq ijodkorligi, huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash, adliya organlari xizmati, prokuratura va boshqalar) bilan ham bog‘langan. 

Ikkinchidan, shaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga taʼsir etadi.  

Uchuncidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining jamiyatdagi o‘rni va ahamiyatini, maʼno-mazmuni va mohiyatini o‘rganish, yaʼni konstitutsiyaviy savodxonlik shaxs huquqiy ongini shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. 

Toʻrtinchidan, shaxs huquqiy ongining shakllanishi huquqiy taʼlim, huquqiy savodxonlik, huquqni o‘qitish, huquqiy bilim, ko‘nikma va malakaning darajasi bilan belgilanadi.

Taʼlim muassasasi rahbarlari va boshqa xodimlarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan maʼsulyatni kuchaytirish;

Taʼlim muassasasi rahbari tomonidan jismoniy va yuridik shashxlarni murojatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish;

Taʼlim muassasasi rahbarlari va pedagoglari tomonidan o‘z mansab yoki pedagogik faoliyatini majburyatlarini bajarilishi samaradorligi mezonlarini va uni sifatini baholash tizimlarini joriy etish;

Taʼlim muassasalarida mehnat faoliyatini olib borishda shaffof tartibni o‘rnatish, shaxsiy va kasbiy sifatlar,ochiqlik, beg‘arazlik, adolatlilik va xolislik prinsiplari asosida xizmat ko‘rsatilish tizimini joriy etish   belgilangan.

 

 

 

Ta’lim tizimida korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar.

Korrupsiyaning asosiy omillari

  1. Iqtisodiy-ijtimoiy omillar
  2. Ma’naviy-ruhiy omillar
  3. Tashkiliy-boshqaruv va huquqiy omillari kiradi

 

Ta’lim tizimida korrupsiyaviy jinoyatlarning sodir etilishiga sharoit yaratuvchi omillar bu illat ustidan tashkiliy-boshqaruv va ijtimoiy nazorat yetarli emasligi hisoblanadi:

  • Rejalashtirishdagi kamchiliklar;
  • Shartnoma talablarini ishtirokchilar tomonidan buzilishi, xizmat faoliyatini tashkil etishdagi nuqsonlar;
  • Kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishdagi kamchiliklar (bilimsiz va tajribasi yo‘q yoki ishonchsiz shaxslarni qarindosh urug‘chilik, tanish-bilishchilik asosida ishga qabul qilish va shunga o‘xshash holatlar); 
  • Bundan tashqari hisob-kitob va nazoratning sustligi; 
  • Xo‘jasizlik va ortiqcha sarf-xarajatga yo‘l qo‘yib berish (energiya manbalaridan, moddiy va odam resurslaridan tejamkorliksiz foydalanish), tarbiyaviy ishlardagi nuqsonlar;

Korrupsiyaviy jinoyatlar kelib chiqishining bir necha omillari mavjud:

Antropologik omillar - Insonning ziddiyatli tabiati, ezgulik va yovuzlikning doimiy kurashi, insonning kam kuch sarflab ko‘proq foyda olishga intilishi.  

Iqtisodiy omillar - Tadbirkorlik faoliyatining yuqori darajadagi “qonunga bo‘ysunish bahosi”, bozor xo‘jaligi doirasidagi raqobat va boshqalar.

Ijtimoiy omillar - Mehnat qonunchiligining buzilishi, ayollar va o‘smirlar mehnatidan foydalanishda ijtimoiy adolat prinsiplariga rioya etilmasligi va h.k.

Huquqiy omillar - Bozor xo‘jaligining o‘zgarib boruvchi shart-sharoitlari bilan mavjud qonunchilik bazasi o‘rtasida ziddiyat mavjudligi, uy xo‘jaligining tartibga solinmasligi va b.sh.

Ahloqiy omillar - Davlat va shaxsning manfaatlari o‘rtasidagi ziddiyatlar; milliy anʼanalarning hisobga olinmasligi, diniy qoidalarning taʼsiri va boshqalar.

Siyosiy omillar - hokimiyat va yirik kapital o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, oligarxiyaning shakllanishi va h.k. 

Korrupsiyaning    bir  nechta  turlari   mavjud:

Maishiy korrupsiya - Аsosan mansabdor shaxslar va davlat xizmatchilarining kundalik ish faoliyatida fuqarolar bilan munosabatlarida keng tarqalgan.

Ishbilarmonlik korrupsiyasi - Hokimiyat vakillarining tadbirkorlik subʼektlari bilan munosabatlarida uchraydi.

Oliy hokimiyat organlari korrupsiyasi - Siyosiy hukmron doiralar hamda odil sudlov tizimi faoliyatida uchraydi.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatidagi mansabdor shaxslar, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarga e‘tiborsizlik bular barchasi korrupsiya omillarini keltirib chiqaradi. 

Korrupsion faoliyatdan keladigan foydani kamaytirishga qaratilgan choralarga quyidagilarni kiritish mumkin.

  1. Davlat xizmatchilari uchun mehnatga adolatli haq toʼlash va boshqa ijtimoiy manfaatdorlik tizimini joriy etish.
  2. Halollikni rag‘batlantirish.
  3. Korrupsiyaga qarshi qoidalarni buzganlik uchun mansabdan boshatishning majburiyligini yolga qoyish.
  4. Mansab bo‘yicha immunitetni bekor qilish.
  5. Mansab va lavozim boʼyicha oʼsishga adolatli va barcha uchun bir xil shart sharoit hamda imkon berish.
  6. Nafaqaga chiqish uchun munosib sharoit yaratish va h. k

 

Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning bir necha turlari mavjud bulib bular quyidagilar:

1. Sohadagi xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini uzluksiz oshirib borish. 

2. Tizimda uchrayotgan tizimli muammolar va korrupsiogen vaziyatlarni tahlil qilish. 

3. Ta’lim sohasiga doir ma’muriy tartib-taomillarni raqamlashtirish.

4. Ta’lim sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning moddiy ta’minotini yaxshilash. 

5. Ta’lim tizimi xodimlarining huquqiy savodhonligini muntazam ravishda oshirib borish. 

Ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar. Chora-tadbirlar tuzishda quyidagilarga ahamiyat berishimiz zarur:

  • faoliyatning ochiqligini va ularning hisobdorligini taʼminlash;  

- korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yo‘l qo‘ymaslik;

- xodimlarining moddiy taʼminot olishini taʼminlash;  

- ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligi monitoringini o‘tkazish; 

- odob-axloq qoidalarini samarali amalga oshirish;  

- xizmat majburiyatining bajarilishi samaradorligi baholash. 

 

 Ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish. 

Huquqiy taʼlim uzluksiz bo‘lib, yoshlikdan boshlab berib borilishi lozim. Bolalar maktabgacha tarbiya muassasalaridayoq xulq-atvor qoidalaridan xabardor bo‘lishi, maʼnaviy va baʼzi huquqiy normalar to‘g‘risida boshlang‘ich tushunchalar olishi, kelgusida o‘quv davomida bu bilimlar kengaytirilishi va chuqurlashtirilishi, aniq ifodalangan huquqiy xususiyat kasb etishi zarur. 

Bundan tashqari huquqiy savodxonlik va bilimlarni amaliy hayotda qo‘llay olish ko‘p jihatdan huquqiy taʼlimning mazmun-mohiyatiga bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, huquqiy taʼlim har bir shaxsning o‘z huquqlarini bilishi va himoya qilishini taʼminlashning zaruriy sharti va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 

Bu esa yoshlarning huquqiy ongini shakllantirishning muhim omili bo‘lgan huquqiy taʼlimni tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni muntazam o‘rganib borish, ilmiy tahlil qilish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Bunda huquqiy taʼlim-tarbiya, huquqni o‘qitish, huquqiy savodxonlik, huquqiy bilim, ko‘nikma va malakaning o‘rni bilan aloqador masalalarni o‘rganish muhimdir. 

Yoshlar oʻrtasida  huquqiy tarbiyani yaxshilash pedagoglardan katta masʼuliyat va tajriba talab etadi. Taʼlim jarayonlarida bu sohada mamlakatimizda olib borilayotgan huquqiy islohotlarning mazmun-mohiyatini hayotiy dalillar asosida tushuntirilishi ham katta ahamiyatga ega.

Yoshlarning huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirishda taʼlim yoʻnalashida “Oila, maktab va mahalla” dasturining yoshlar huquqiy madaniyatini yanada oshirishdagi ahamiyati katta.

Farzandlar tarbiyasida eng avvlo oiladagi tarbiya va unga  uzviy ravishda maktab, mahalla, hamda jamoatchilikning rolini oshirish masalasi eng  samarali usullardan sanaladi. 

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish 

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, insonning huquqiy madaniyati avvalo oilada shakllanadi, taʼlim jarayonida sayqallashadi. Inson mustaqil hayotga qadam qoʻyganida esa yanada takomillashadi.

Shaxsning huquqiy madaniyati rivojlanishida oilaning, mahallaning, taʼlim muassasalarining, tom maʼnoda esa davlat va jamiyatning tutgan oʻrni shak-shubhasiz kattadir.

Axborot xurujlari avj olayotgan murakkab sharoitda aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda milliy mentalitetning ahamiyati nihoyatda katta.

Huquqiy madaniyat jamiyatning ilgʻor huquqiy gʻoyalar va qonunlar, bilim va koʻnikmalarni qabul qilishga tayyorligida, shuningdek bilimlar koʻnikmalar va amaldagi huquqqa munosabatida oʻz ifodasini topadi.

Huquqshunos olimlarning fikricha, huquqiy madaniyat – fuqarolik jamiyati aʼzolari oʻz huquqiy bilimlari va koʻnikmalarini oʻzlashtiruvchi yoki rivojlantiruvchi ijodiy faoliyatning muayyan xususiyati va darajasidir.

 

Poraxo‘rlik va korrupsiyaninf salbiy oqibatlari

Har bir tashkilotda “Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi” tuzilib ushbu illatga qarshi kurashish, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar, ularni sodir etishga imkon yaratuvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarishda har qanday moddiy qiymatga ega “hadya” larni berilishiga yoki ularning xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan boshqa imtiyozlar taklif qilinishga qarshi kurashish kerak bo‘ladi.

Pora berish ham pora olish ham jinoyat ekanligini yoshlarimizga tushuntirishimiz shart boʻladi. Poraning turlariga keladigan boʻlsak – pul yoki moddiy qimmatliklar olish, berish; xizmat koʻrsatish; mulkiy manfaatdor boʻlish hisoblanadi.

Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʼlgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, inson huquq va erkinliklarining poymol boʼlishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

O‘zbekiston Respublikаsi Jinoyat Kodeksidа korrupsiya alomatlari mavjud bo‘lgan qilmishlar quyidagilar hisoblanadi:

Hokimiyat yoki mansab sohtakorligi; Pora berish va pora olish; Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste’mol qilish; Xizmatchini pora evaziga og‘dirish qilmishlari kiradi.

Yurtimizda mazkur muammoning dolzarbligi his etilib, korrupsiyaga qarshi kurash boyicha O‘zbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasining bir qancha qarorlari qabul qilingan. Shuningdek, bu bilan bevosita va bilvosita shug‘ullanuvchi tashkilotlar faoliyat yuritmoqda. Milliy qonunchiligimizda korrupsiyaning turli yo‘nalishlariga qarshi kurashga yo‘naltirilgan normalar mustahkamlangan. Jumladan, pora olish yoki berish, unga vositachilik qilish, hokimiyat yoki mansab vakolatini suisteʼmol qilish, mansab soxtakorligi kabi jinoyatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Pora olish - Jinoyat Kodeksining 210-moddasiga muvofiq Pora olish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora berayotgan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga shaxsan o‘zi yoki vositachi orqali qonunga xilof ekanligini bila turib, moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‘lish tushuniladi. 

Pora olishdagi jazoning qo‘llanilishi. 

Pora olish bilamiz uning turiga qarab 10 yildan 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.Bu qanday tartibda, ko‘rib chiqamiz: 

210-moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan holatda buni yuqorigagi slaydimizda kurdik, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash, yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish: 

a) takroran, xavfli shaxs yoki ilgari Jinoyat Kodeksining 211 yoki 212-modalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;

 b) ko‘p miqdorda; 

v) tamagirlik yo‘li bilan; g) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa, bunday holatda 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Bundan tashqari pora olish: 

a) juda ko‘p miqdorda; 

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa u holatda  10 yildan 15 besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu Jinoyat Kodeksining 210-moddasida belgilab quyilgan. 

Pora berish - Jinoyat Kodeksining 211-moddasiga muvofiq - Pora berish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsiga mazkur mansabdor shaxsning o‘z xizmat mavqeyidan foydalangan holda sodir etishi lozim yoki mumkin bo‘lgan muayyan harakatni pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab bajarishi yoki bajarmasligi evaziga qonunga xilof ekanligini bila turib bevosita yoki vositachi orqali moddiy qimmatliklar berish yoki uni mulkiy manfaatdor etish tushuniladi. 

Pora berishdagi jazoning qo‘llanilishi. 

Pora berish - 211-moddaning 1-bandida ko‘rsatilgan holatda bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish: 

a) takroran, xavfli shaxs yoki ilgari Jinoyat Kodeksning 210 yoki 212-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan; 

b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, bu holatda 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish: 

a) juda ko‘p miqdorda; 

b) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, bu holatda 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Agar, shaxsga nisbatan pora so‘rab tovlamachilik qilingan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish - Jinoyat Kodeksining 212-moddasiga kura - ya’ni pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxs-larning topshirig‘i bilan porani bevosita berish tushuniladi. 

 

Pora olish-berishda vositachilik qilishda jazoning qo‘llanilishi

212-moddasining 1-bandida ko‘rsatilgan holatda bo‘lsa-bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan               5 yilgacha ozodlikni cheklash, yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat: 

a)takroran, xavfli shaxs tomonidan yoki ilgari ushbu Kodeksning 210 yoki 211-modda larida nazarda tutilganjinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan;  

b) ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida; 

v) bir guruh mansabdor shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib pora olayotganligi vositachiga ayon bo‘lgan holda sodir etilgan bo‘lsa, - 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora olish-berishda vositachilik qilish: 

a) haq evaziga; 

b) juda ko‘p miqdorda pora olish yoki berish vaqtida;

v) uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, - 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 

Agar, pora olish-berishda vositachilikqilgan shaxs jinoiy harakatlarni sodir etganidan keyin bu haqda o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

Firibgarlik - Jinoyat Kodeksining 169-moddasiga muvofiq firibgarlik, ya’ni aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish.

Yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

Hozirgi kunda firibgarlikning turli holatlari kupayib ketayotganligini hammamiz kurib turibmiz. Misol uchun kimnidur ishonchiga kirib ishga joylashishtirishga va’da berish, yoki hozir eng kup uchraydigan holat kimnudur ishonchiga kirib plastik kartasidan noqonuniy ravishda pul yechib olishi,aynan bu jinoyatlarni oldini olish maqsadida hamda firibgarlik jinoyatlariga javobgarlikni kuchaytirish xatto ozodlikdan mahrum qilish jazolarini tayinlash uchun Jinoyat Kodeksiga o’zgartirishlar kiritilmoqda. 

O‘zlashtirish yoki rastrata qilish - O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasiga muvofiq aybdorga ishonib topshirilgan yoki uning ixtiyorida bo‘lgan o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilganlik uchun javobgarlik belgilangan.

Mansab vakolatini suiste’mol qilish - Jinoyat kodeksining 205-moddasiga muvofiq hokimiyatni yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazishi tushuniladi. 

Mansab soxtakorligi - Jinoyat kodeksining 209-moddasiga kura mansab soxtakorligi, ya’ni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining g‘arazgo‘ylik yokiboshqa manfaatlarni ko‘zlab, rasmiy hujjatlarga bila turib soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritishi, hujjatlarni qalbakilashtirishi yoki bila turib soxta hujjatlar tuzishi va taqdim etishi, fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan quriqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaat-lariga jiddiy zarar yetkazish.

Taʼmagirlik oʻz xizmat lavozimidan foydalanib, pora olish evaziga jinoyat sodir qilish hollari eng avvalo yuqorida taʼkidlaganimizdek, huquqiy madaniyati past va qonunlarni yaxshi tushunmaydigan  ayrim  insonlar tomonidan sodir etilayotgani sir emas. Vaholanki,  jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishda, korrupsiya holatlarining oldini olishda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish  muhim ahamiyatga ega. 

Shuni yodda tutishimiz kerakki: jinoyat hech qachon jazosiz qolmaydi.

Jinoyatga javobgarlik muqarrardir. Bu qonun bilan belgilab quyilgan.

Biz dunyoda ildiz otgan yana bir salbiy illat - korrupsiyaning ayrim jihatlari xususida so‘z yuritdik. Ayni kunda Prezidentimi tashabbuslari bilan Bosh prokuraturasi, sud-huquq idoralari, vazirliklar va boshqa tashkilotlar bir yoqadan bosh chiqarib korrupsiyaga qarshi kurash olib borayotganini ta’kidlagan holda, bu sa’y-harakatlar yaqin yillarda o‘z samarasini beradi, deb o‘ylaymiz. 


[1] O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T.: «O‘zbekiston», 2023-yil 30-aprel.

[2] O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF 200-son Prezident farmoni.


Mavzu bo'yicha testga kirish
Keyingi mavzu: Umumiy oʻrta taʼlim direktorining kasb standartlari.