menejment.uz
Sirdaryolik malakali va tajribali ustozlarimiz tomonidan
jobBox

Sirdaryolik malakali va tajribali ustozlarimiz tomonidan Sirdaryotalimi.uz va Menejment.uz platformalarini yaratish rejalashtirilgan bo’lib, bugungi kunda Menejment.uz plarformasi ishga tushirildi.

Bu platforma rahbar kadrlarimizning faqatgina malaka oshirish vaqtlarida yoki sertifikat olishlari uchun emas, balki yillar davomida ta’lim tizimidagi yangiliklar, yangilanayotgan farmon va qarorlardan boshqaruv tizimida foydalanishlari hamda doimiy bilim darajalarini oshirib borishlari va bunday bosqichlarga mustaqil tayyorgarlik ko‘rib borishlari uchun rahbar va rahbarlikka nomzod kadrlar uchun mo‘ljallangan.

“Ta’lim menejmenti” o‘quv modulining ishchi o‘quv-mavzu reja va dasturi ushbu platformaning belgilangan talablarga mos bo‘lganligi sababli shu dastur asosida tayyorlangan.

Bunday imkoniyatdan barcha viloyat rahbar va nomzod rahbarlari ham foydalanishlarini tavsiya qilamiz.

Hurmatli foydalanuvchilar, Sizning ushbu tanlovingiz va hamkorligingizdan xursandmiz. Menejment_uz_rasmiy telegram kanaliga ulaning va yanayam ko’proq ma’lumotlarga ega bo’ling. Bizning jamoa Sizga yanayam ko’proq qulaylik va imkoniyatlar yaratishda doimiy izlanishdamiz.