menejment.uz
Mavzu: Xodimlarni tizimli ragʻbatlantirish va motivatsiyalash amaliyoti.

 Xodimlarni tizimli ragʻbatlantirish va motivatsiyalash amaliyoti

Reja:

1.Motiv haqida tushuncha

2. Xodimlarni tizimli ragʻbatlantirish

 Tajribali menejer maktab rahbari xodimlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish, o‘z vaqtida rag‘batlantirish va xatolarga javob berish muvaffaqiyatli ta’limning kaliti ekanligini biladi.

Tarixga nazar solsak sovet davri faxriy yorliqlar, rag‘batlantirish yorliqlari va mehnat daftarchasiga yozuv bilan yoki esdalik sovg‘alari bilan esga olindi. Bugungi kunda zamonaviy ta’lim jarayonida jamoani va yoki alohida pedagoglarni  rag‘batlantirish usullari sovet davridagidan farq qiladi.

           "Motivatsiya" atamasi yunon tilidan olingan. "motif" va lot.dan. "Moveo" – va "harakat qilish" yoki "harakatni rag'batlantirish" degan ma'noni anglatadi.

           Motivatsiya ehtiyojlarga asoslanadi va uni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

Jarayon - o'zini va boshqalarni shaxsiy maqsadlarga va/yoki tashkiliy maqsadlarga erishish uchun harakat qilishga undash jarayoni

Istak - muhim maqsadga erishish, ehtiyojlarni qondirish uchun harakat qilish istagi

Natijada xodimning ish samaradorligi oshadi va buning uchun u ma'lum ishlarni bajaradi va harakat qiladi.

           Motivatsiya - bu organizmning faolligini keltirib chiqaradigan va inson xatti-harakatlarining yo‘nalishini belgilovchi omillar tizimi. Bunga ehtiyojlar, motivlar, niyatlar, maqsadlar, qiziqishlar, intilishlar kiradi.

       Maktab shunday dargohki, bu muassasada o‘qituvchi ham, o‘quvchi ham rah’batga , maqtovga ehtiyoj sezadi. Shunday xodimlar borki,mag’lubiyatga uchrasa,u bir qadam orqaga burilib, xohlagan narsasini yanada kuchliroq xohladi va unga uch barobar kuch va g'ayrat bilan erisha boshladi, hammaga o‘zining qobiliyatli va munosib ekanligini isbotlashni xohlaydi. Ko‘p odamlar borki, ular bir marta mag'lub bo'lgach, shunchaki taslim bo‘lishadi va hech narsaga erishmaydilar. Ushbu misol universal vositalar mavjud emasligini ko‘rsatadi, shuning uchun xodimlarni rag‘batlantirish uchun kompleks yondashuv zarur.

Moddiy motivatsiya vositalari-xodimlarni moddiy rag'batlantirish - bu moddiy timsolga ega bo‘lgan imtiyozlar yordamida rag‘batlantirish. U ikki xil bo‘lishi mumkin - pul va nomoddiy.

Pul motivatsiyasi

Pul mablag‘lari barcha turdagi moliyaviy mukofotlarni o‘z ichiga oladi: ish haqi, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan mukofotlar, moddiy yordam,pul yutuqlari.

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish direktor jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlari faoliyatining natijadorligi asosida ularni rag‘batlantirishning shaffof tizimini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullandi va Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori.30.09.2019 yildagi 823-sonli qaror

·       Umumta’lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining (ular umumiy sonining ko‘pi bilan 50 foizi) bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash yo‘li bilan ularni moddiy rag‘batlantirish;

·       umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish;

·       tejalgan mablag‘lar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu mablag‘lar hisobidan xodimlarning vaqtincha mehnatga layoqatsizligi bo‘yicha to‘lanmagan nafaqalarni moliyalashtirish.

·       O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida belgilangan tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari hisoblanadi.

Jamg‘arma umumta’lim muassasasi mehnatga haq to‘lash fondining 15 foizi miqdorida tashkil etiladi.

Pedagog, psixolog va kutubxona xodimlarining bazaviy tarif stavkasiga har oylik ustama belgilash, umumta’lim muassasalari xodimlarini mukofotlash va ularga moddiy yordam berish umumta’lim muassasalarida tashkil etiladigan ustamalar belgilash, moddiy rag‘batlantirish va moddiy yordam berish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.

           Ta’lim tizimida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan  va o‘quvchilari yuqori natijalarga erishgan malakali pedagog kadrlarning mehnatlarini rag‘batlantirish hamda  o‘z ustida doimiy ishlaydigan , o‘zining o‘qitish uslubiga va xalq orasida obro‘-e’tiboriga ega bo‘lgan o‘qituvchilarni yanada qo‘llab –quvvatlash  maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 2.08 dagi 425- sonli Qarori qabul qilindi.

          Qarorga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining VAZIR jamg‘armasi tashkil etilib unga ko‘ra

          Malakali pedagog kadrlar-ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan o‘quvchilari OTM muassasalariga  yoki Prezident,ijod  va ixtisoslashtirilgan maktablarga  eng yuqori natijalar bilan  kirgan o‘qituvchilar;

Ilg‘or xodimlar- ta’lim sifatini oshirishga hissa qo‘shayotgan rahbar kadrlar,psixologlar va kutubxonachilar ;

O‘z faoliyatida yuqori natijalarga erishayotgan ,o‘z mahorat maktabini yaratgan metodistlar;

Respublika bo‘yicha tashabbus ko’rsatgan, ishlari respublika va xalqaro miqyosda ommalashgan pedagog kadrlar

Mobil metodik guruhlar-ta’lim sifati past,muhiti o‘g‘ir bo‘lgan maktablarga borib yangi metodikalarni o‘rgatayotgan  pedagog kadrlar;

Rag’batlantirilshi ko’zda tutilgan.

Xodimlarni rag'batlantirish sohasidagi menejerning asosiy vazifasi motivatsiya tizimini ishlab chiqishdir. Buning uchun u xodimlarni rag‘batlantirishning zamonaviy usullaridan foydalanishi kerak. 


Mavzu bo'yicha testga kirish
Keyingi mavzu: Boshqaruvda hujjatlar bilan ishlash.