MAVZU: O‘QUVCHILAR BILIMINI BAHOLASHNING YANGI TIZIMI
Reja:
1. Baholash tizimining mohiyati
2. Baholash maqsadlari
3. Maktabda mezonlarga asoslangan baholashni joriy qilish
Vazirlar Mahkamasining 06.05.2024 yildagi “Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalar koʻrsatayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 263-son qarori qabul qilindi.
Prezidentning 21.02.2024 yildagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi toʻgʻrisida”gi PF-37-son Farmoniga muvofiq quyidagilar joriy etiladi:
2024/2025 oʻquv yilidan boshlab maktab oʻqituvchilari va rahbarlarini baholash, shuningdek ustama toʻlash oʻquv yili yakuni boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjat bilan Sifatli ta’limni ta’minlashda ijobiy natijalarga erishayotgan umumiy oʻrta ta’lim maktablari rahbariyati hamda oʻqituvchilariga ustama berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Rahbar va pedagog kadrlariga ustama toʻlanadigan umumta’lim maktablari roʻyхatini shakllantirish uchun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining hududiy boshqarmalarida doimiy ravishda ishlaydigan monitoring guruhlari tuziladi.
Monitoring guruhi rahbarlar va oʻqituvchilar roʻyхatini shakllantirishni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiradi:
1) baholashning yangi tartibi joriy etilgan maktablarning elektron jurnal ma’lumotlari asosida oʻquvchilarning yillik oʻrtacha baholarini tahlil qiladi hamda tegishli hududning eng yaхshi natija koʻrsatgan birinchi maktablarini saralab oladi;
2) belgilangan bilimni baholash mezonlari, oʻquvchilarni soʻrovdan oʻtkazish va boshqalar asosida saralab olingan maktablar ballarining umumiy sonini tahlil va hisob-kitob qiladi.
Tahlil qilingan jami maktablar soniga nisbatan reytingda eng yaхshi natijalarni koʻrsatgan birinchi 5 foiz umumta’lim maktablari ish haqiga 40 foiz ustama oladi. Keyingi 10 foiz umumta’lim maktablari 30 foiz ustama oladi. Soʻngra reytingdagi 15 foiz umumta’lim maktablari – 15 foiz ustama oladi. Saralab olingan maktablarning qolgan qismi – 10 foiz ustama oladi.
-Mezonlarga asoslangan baholash tizimining mazmun-mohiyatini tushunish;
-Maktabda mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy qilish ishlarini rejalashtira olish;
-Bilish, qoʻllash, mulohaza qilish koʻnikmalarini baholash maqsadlarini tushunish.
Mashg‘ulot jarayoni:
O‘z parashyutingizni parvozga tayyorlashni qaysi oʻquvchiga ishonib topshirar edingiz?
Nima uchun?
Asosiysi jarayon emas, balki natija.
Baholashning qanday turlari bor?
Bilish nima? Sinash nima? Shu savollarga javob bering-chi.
Formativ baholash deymiz. Formativ soʻzining maʼnosi nima?
Formativ baho shakllantirish va yoʻnaltirish uchun muhim.
Masalan men robot yaratishim kerak. Avval ber detalini yaqaratdim. Uni yaratishda xatolikka yoʻl qoʻymadimmi, toʻgʻri yoʻldamanmi? Bu savollarga javob berish uchun formativ baho zarur. Butun bir oyoqni yaratdim. Bu oyoq ishlayaptimi yoʻqmi, buni bilishimiz muhim-bu BSB (Boʻlim boʻyicha summativ baholash). Robotning hamma qismlari tayyor boʻldi va uni sinab koʻrishimiz kerak. Bu sinov-CHSB( choraklik summativ baholash). Formativ baho- yo‘naltirish uchun
Summativ baho- sinash uchun. Formativ baho- jarayonni baholaydi. Summativ baho- natijani baholaydi.
Formativ va summativ baholash uchun: qoʻllash vaqti, baholash maqsadi, qayta aloqaning muhimligi, natija ballining muhimligi haqida fikr yuritib koʻraylik.
Formativ baholash uchun: qoʻllash vaqti- har darsda, baholash maqsadi- shakllantirish, qayta aloqaning muhim, natija balli muhim emas.
Summativ baholash uchun: qoʻllash vaqti- bob (chorak) oxirida, baholash maqsadi- sinash, qayta aloqaning muhim enas, natija balli muhim.
Endi guruhlarga boʻlinib, quyidagi kartochkalarni formativ va summativ baholash uchun maslab ajratishingizni soʻrayman.
Endi ishingiz natijasini tekshirib koʻring. Demak, barholash- formativ baholash va summativ baholashdan iborat.
Formativ baholash- taʻlim olish uchun. Summativ baholash- olingan taʻlimni baholash
Endi taklif etilgan amaliy mashgʻulotni bajarib koʻring. Bajarilgan topshiriqning jarayonini baholash va natijasini baholashni ajratib bering. (Har bir guruhga yetarlicha materiallar beriladi)
Guruhlarga topshiriq:
5 ballik tizimning mezonlarga asoslangan baholashdan farqi nimada? 5 ballik tizimda eng yaxshi ishga 5 ball beramiz. 1 ta xatoga 4 ball va h.k. Mezonlarga asoslangan baholashda esa har bir bajarilgan ishi uchun, koʻnikmasi uchun maʼlum ball yigʻib boriladi.
Bunda bilish, qoʻllash va mulohaza qilish koʻnikmalari baholanadi.
2. Bilish, qoʻllash, mulohaza qilish koʻnikmalarini baholash maqsadlari.
Baholash topshiriqlari qanday koʻnikmalarni tekshiradi? Blum taksonomiyasiga asosan topshiriqlar turi quyidagi darajada boʻladi:
1-jadval |
|
Reproduktiv daraja |
Reproduktiv darajadagi topshiriqlarining mazmuni o‘quvchilar tomonidan o‘quv materiali qayta ishlanmasdan, ularning xotirlash qobiliyatini aniqlovchi, matematik qonuniyatlar, xossalar, formula, matematik tushuncha va atamalarning mohiyatini bilish, yodda saqlash va tanish, odatiy vaziyatlarda qo‘llashga qaratilgan. |
Produktiv daraja |
Produktiv o‘quv topshiriqlari – o‘quvchilardan o‘rganilgan matematik masalani yechishda mavzuga oid qonun va qonuniyatlar, xossalar va formulalarni qo‘llash, berilgan topshiriqlarga mos usullarni tanlash, tahlil qilish, taqqoslash, qiyoslash, bir nechta qonun va qonuniyatlarni bir vaqtda qo‘llab, umumlashtirish va xulosa yasashni talab qiladi. |
Mulohaza darajasi |
Intellektual darajadagi topshiriqlar o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni notanish vaziyatlarda qo‘llash, tahlil qilish, sintezlash, qiyosiy taqqoslash, qonun va qonuniyatlarni qo‘llab, umumlashtirishni talab qiladi. |
Summativ baholash topshiriqlarining ballari taqsimoti quyidagicha: bilish koʻnikmasini baholaydigan topshiriqlar yigʻiladigan ballning 15%, qoʻllash-70% va mulohaza yuritish-15% ini tashkil etadi.
Doiradagi qaysi nuqtalarni tutashtirdingiz?
____________________
6. Mansur A shahridan chiqib, bir xil tezlikda 2 soat yo‘l yurdi va rasmdagi yo‘l belgisiga yetib keldi.
Shu belgi yonidan B shahriga yetib borish uchun necha soat kerak bo‘ladi?
Demak, qoʻllash uchun bilish lozim. Mulohaza yuritish uchun ham bilish, ham qoʻllay olish kerak.
Madina maktabda matematika fanidan “4” bahoga o‘qiydi. Madina boshqa sinfda yoki boshqa maktabda, yoki boshqa o‘qituvchida o‘qiganida ham “4” baho olarmidi? Albatta yo‘q. Chunki baholar nisbiy qo‘yiladi. Madina kimdandir yaxshiroq javob berar, kimdandir esa yomonroq. Ularga nisbatan baho olardi. Shavkatning esa, kundalik baholari doim ham yaxshi bo‘lmasa-da, lekin chorak yakuniga kelib mavzularni juda yaxshi o‘zlashtirib oladi. Shu sababli, yakuniy baholari baribir “4”. Tasavvur qiling siz marafonda ishtirok etayapsiz. Avval orqada qoldingiz, lekin harakatni to‘xtatmadingiz. Finishga oz qolganda shiddat bilan liderlar qatoriga qo‘shildingiz. Va nihoyat finishda birinchi bo‘ldingiz! Siz chempionsiz! Medal va gullar bilan taqdirlandingiz. Maktabda ta’lim olishni marafonda yugurishga qiyoslasak, o‘qish jarayoni – marafon bosqichlari, ta’limiy maqsadlarga erishganlik darajasini aniqlash, ya’ni baholash esa, – marafonning har bir bosqichi vaqtlarining yig‘indisidir. Lekin maktabda Shavkat bilan sodir bo‘lgan shu kabi holatda, u “5” bahoga munosib bo‘lmadi. Bu adolatlimi? Axir yakuniy baholashda u a’lo natijaga erishdi-ku. Maktabda har bir o‘quvchi bilim olishga intiladi. Kimdir bu maqsadga tez erishadi, kimdir sekinroq. Ular shu maqsadga qanday tezlikda va qachon erishganliklarining ahamiyati bormi? Shu kabi salbiy holatlarni bartaraf etish uchun mezonlarga asoslangan baholash joriy etilmoqda. Bu baholash tizimi juda ko‘p davlatlarda joriy etilgan va sinovdan o‘tkazilgan. Mezonlarga asoslangan baholash tizimida o‘quvchi bir chorakda 100 ball yig‘ishi kerak.
Undan 10 balli formativ baholashga ajratilgan. Formativ bahoni fan o‘qituvchisi berib boradi.Bu o‘quvchini ta’limiy maqsadga to‘g‘ri yo‘naltirish va unga motivatsiya berish uchun muhim. Qolgan 90 ball summativ baholash orqali to‘planadi.
50 ballni o‘quvchi ta’lim jarayonida bo‘lim bo‘yicha summativ baholash jarayonada oladi. Bu yozma ish, loyiha ishi, ijodiy ish, esse, amaliy topshiriq, laboratoriya ishlari bo‘lishi mumkin. Yakuniy nazorat ishidan esa o‘quvchi 40 ball olishi mumkin. Bu baholash turli shakldagi testdan iborat bo‘ladi. Topshiriqlar yordamida o‘quvchining bilish, qo‘llash, mulohaza qilish va tahlil qilish ko‘nikmalari O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha tasdiqlangan standartlar va yagona mezonlar asosida baholanadi. Barcha o‘quvchilar bir xil mezonlar asosida baholanadilar, marafonda yuguruvchi kabi barcha bosqichlar ballari yig‘indisi avtomatik ravishda elektron jurnalda ko‘rinadi.
3. Maktabda mezonlarga asoslangan baholash tizimini joriy qilish ishlarini rejalashtirish
Ishni qanday rejalashtirsak, yangi baholash tizimini joriy etish togʻri amalga oshiriladi?
Guruhlarga A3 qogʻozlari va markerlar tarqatiladi. Guruh ishtirokchilari oʻzlari uchun ish rejasini tuzishlari soʻraladi. 4 daqiqa ichida maslahatlashib, rejalarining taqdimotini oʻtkazadilar. Taqdimotlardan soʻng quyidagi rejada diqqat qaratiladi.
Har bir ish boshlanar ekan, uning tartibi va qoidalari bilan tanishgan boʻlishi kerak. Bu asosida rejalarni belgilab olish muhim.
Maktab faoliyatida elektron jurnal muhim oʻrin tutadi. Unda ham moslashtirish boʻyicha ishlarni amalga oshirish lozim.
Har bir fanning oʻziga mos spetsifikasi bor. Shu fanlardan topshiriqlarni tekshirishning toʻgʻri yoʻlga qoʻyish va uni doimiy ravishda nazoratga olish juda muhim.
Bu baholash tizimiga oʻtgan maktablardan biriktirilgan trenerlar maktabda doimiy ravishda trening mashgʻulotlari tashkil etilishi maqsadga muvofiq.
Oʻqituvchi, oʻquvchi, ota-onalar uchun baholash materiallarining namunaviy variantlari doimiy ravishda taqdim etilib boriladi. Oʻqituvchi bu materiallarni darsda va mustaqil ravishda oʻquvchilar tomonidan oʻrganib borilishiga masʼul kishidir.
Baholash jarayoni adoltli va shaffof oʻtkazilishi bu tizim tamoyillardan biridir. Shuning uchun bu tamoyilga amal qilinishni nazoratda boʻlishi kerak
Baholash jarayoni oʻtib boʻlgandan soʻng har bir metod birlashma tomonidan xatolar tahlili va nima uchun oʻquvchilar bunday xatoga yoʻl qoʻyishganini dars berish metodologiyasi va usullarini koʻrib chiqish asosida oʻrganish zarur.
Mezonlarga asoslangan baholash tizimida o‘quvchining diqqati oraliq “5” baholarni olishga emas, yakuniy natijaga erishishga qaratiladi va oʻquvchilarning barcha muvaffaqiyatlari inobatga olinadi. Zero hayotda olgan baholarimiz emas, erishgan ko‘nikmalarimiz zarur bo‘ladi. Bu jarayonda esa jamoa liderining oʻrni beqiyos.